Yana bir yarim-futbol savoli. Latifaga koʻra, kunlardan bir kun Kiyevdagi pasport idoralaridan biriga bir kishi familiyasini mashhurroq, futbolga oid familiyaga oʻzgartirish iltimosi bilan keladi. Hozirgi familiyasi qanday degan savolga berilgan javobdan maʼlum boʻlishicha, u deyarli ikki yuz yil avval yashagan olim-"yer oʻlchovchi"ning familiyadoshi ekan. Uning familiyasi istalgan familiyadan atigi ikki harf bilan farq qilardi. Ikkala familiyani ham ayting.