ULARNI dunyo hayvonot bog'larida kamdan-kam ko'rish mumkin, garchi tabiatda ULAR keng tarqalgan, asirlikka yaxshi ko'nikadi va ULARNI tutish qiyin emas. Guvohlarning aytishicha, masalan, bir ovcharka uning oyoq tovushlariga e'tibor bermay, UNI tishlab g'ajib tashlagan, shundan so'ng it uzoq vaqt hushsiz yotgan. Boshqa bir holatda ayiq panjasi bilan urib, hayvonchani yanchib tashlagan, so'ngra ko'r bo'lib qolib, o'kirib o'tlarda dumalagan. "Vokrug sveta" jurnalidagi ushbu hayvonchalar haqidagi maqola odatda matonatli, mard va qiyinchiliklar oldida bo'sh kelmaydigan odamlarga nisbatan qo'llaniladigan ikki so'zli birikma bilan nomlangan. Maqola qanday nomlanganini ayting?