Ushbu savol muallifi har kuni ishga kelganida butun dunyoga mashhur emblemani koʻradi. Yaqinda muallif katta hayrat bilan maʼlum bir mahsulotning qadogʻida deyarli oʻsha emblemani, garchi biroz boshqacha ranglar gammasida boʻlsa-da, koʻrib qoldi, vaholanki, ushbu mahsulot uchun bunday emblemaning tanlanishi mutlaqo mantiqiydir. Biz bu qanday mahsulot va qanday emblema ekanligini soʻramaymiz, ushbu mahsulotga berilgan inson ismini ayting?