Mashhur amerikalik fan targʻibotchisi Martin Gardner "Sayentifik Ameriken" jurnalining aprel sonida "Piramidaning sirli kuchlari" maqolasini eʼlon qildi. Bu shov-shuvga sabab boʻldi. Bir noshir qoʻngʻiroq qilib, piramida moʻjizalari haqida kitob chiqarishni taklif qildi. Gardner bunga javoban bu shunchaki hazil ekanligini aytdi. Ayting-chi, nashriyot egasi bunga nima deb javob bergan?
Mayli, kitobni chiqaramiz, keyin esa ikkinchisini — raddiya bilan chiqaramiz.