Yaponiyada o‘lim jazolari turlicha ijro etilishi mumkin edi. Masalan, jazo ijro etilgandan so‘ng jasadning ko‘z-ko‘z qilinishi qo‘shimcha sharmandalik hisoblangan. O‘lim jazosi qotillik, o‘g‘rilik va xiyonat uchun berilgan. Xo‘sh, Yaponiyada qaysi dahshatli jinoyat uchun aybdor tiriklayin yoqib yuborilish xavfi ostida bo‘lgan?