Internet-hikoya. Notarius vasiyatnomani oʻqib eshittirgach, beva ayol hayron boʻlib, marhum eri merosning bir qismini kotibasiga qoldirganini bilib qoladi. Gʻazabdan oʻzini yoʻqotgan ayol qabr toshi ustasiga deydi: — Men yozuvni oʻzgartirishim kerak. — Kechirasiz, lekin buni iloji yoʻq! Faqat qoʻshib qoʻyish mumkin: boʻsh joy bor. Biroz oʻylanib, beva deydi: — Yaxshi! "Tinch uxlab yot" iborasiga, iltimos, qoʻshib qoʻying... Bevaning taklifiga koʻra yozuvni davom ettiring.