Gollivudda prodyuserga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan ssenariy ikki qismga bo‘linadi: o‘ngda muloqotlar, chapda esa mizansanani qurishning texnik tafsilotlari yoziladi. Mashhur nemis rejissyori Frits Lang o‘zining so‘kong‘ichligi va mustaqil xarakteri bilan ajralib turardi. Ssenariylarni tasdiqlash bosqichidayoq u keyinchalik suratga olish maydonchasida uning ishiga aralashadigan o‘ta sinchkov prodyuserlarni saralab tashlashni bilgan. U buni qanday qilgan?
Ssenariyning chap qismiga prodyuserlarni haqoratlovchi so‘zlarni yozib qo‘ygan