Kosmonavt Georgiy Grechko ancha vaqtdan beri Yerda bo'lib ketgan o'zga sayyoraliklar izlarini qidirish muammosi bilan qiziqadi. Bir safar yozuvchi Vladimir Gubarev undan: "Nahotki o'zga sayyoraliklar kemasini topishingga ishonsang?" deb so'raydi. "Ehtimol, yo'q, — deb javob beradi Grechko. — Biroq men o'z ko'zlarim bilan ko'rishim kerak...". Aynan nimani ko'rishi kerak?