Diqqat, qora quti! Valentin Ivanov oʻzining "Qadimgi Rus" asarida qadimgi rus solnomachilaridan birining mehnatini shunday tasvirlaydi: "U oʻzi koʻrganlarini va boshqalardan eshitganlarini haqqoniy bayon qilmoqchi edi. Buning uchun soʻrashni va oʻqilgan narsaning maʼnosini anglashni bilish kerak. Bilganlarini mulohaza qilib, donning saragini sarakka, puchini puchga ajratish lozim. Nafaqat toʻplash, balki aloqalarni oʻrnatish va hikoyaga tartib berish kerak... Yozuvchi va uning ongi orqali oqib oʻtayotgan hayot shundaydir". Shu bilan birga, Ivanov yozuvchining mehnatini hozir qora quti ichida boʻlgan bir hayvonga oʻxshatadi. Ushbu hayvonni ayting.