Diqqat, uchta fotosurat! Qarshingizda bitta mavzu bilan birlashtirilgan reklama plakatlarining chap qismlari turibdi. Har bir plakat deyarli bir xil ikkita fotosuratdan iborat edi, faqat chapdagi fotosuratlar salbiy xarakterga ega edi. Koʻrib turganingizdek – kimsasiz koʻchada tayoq ushlagan odam, dengizga shisha uloqtirayotgan odam, osmonoʻpar bino karnizida turgan odam. Bular chap qismlar. Oʻngdagi fotosuratlar esa ijobiy xarakterga ega edi. Siz koʻrmayotgan oʻng qismlarning qarshingizdagi chap qismlardan farqi nimada?