Hatto uning qoq markazida boʻlganda ham, hayratlanarli yolgʻizlikni his qilish mumkin. Jan Fransua Giyu "Buyuk polotnolar" kitobida uni "pardoz qilingan ayolga qiyoslash mumkin. Hatto qattiqroq aytganda, barcha mollarini peshtaxtaga yoyib tashlagan baqqol doʻkoniga oʻxshaydi" deb yozadi. Rassom Jan Fransua Mille esa uning fojiasini ildizsizligida va yashab qolish uchun doimo sunʼiy hayot kechirishga majburligida koʻrgan. Biz javobda biron bir maxsus nom boʻlishini talab qilmaymiz, turdosh otni ayting.