Menga toʻsatdan koʻkrak toʻldirib nafas olish, kerishish, uzoq oʻtirib qolgan odamdek qoʻllarimni keng yozish istagi paydo boʻladi. Oh, men oʻzimning xayoliy mavjudligimni oddiy toshning ogʻirligini qoʻlimda his qilish quvonchi uchun bajonidil almashtirgan boʻlardim.