[Nolinchi savol] Ismlar haqidagi bir ma’lumotnomada aytilishicha, ushbu kamyob ism egalari o‘zini takomillashtirishga bo‘lgan ABADIY INTILISH va har qanday xulosa chiqarishdan oldin yetti marta O‘LCHASH xususiyati bilan ajralib turadi. Ushbu ismning mashhur sohibining "ijodi"da ham abadiy intilishga, ham o‘lchashga joy topilgan. Bu ismni yozing.