Afsonaga koʻra, bir poshshoning haramida asli venger boʻlgan goʻzal Ilonka boʻlgan. Venger jangchilari shaharni egallab, Ilonkani ozod qilishgan. Minnatdorchilik belgisi sifatida u vatandoshlariga ajoyib oʻsimlik urugʻlarini sovgʻa qilgan. Aytishlaricha, oʻshandan beri venger qizlarining lablaridan ilohiy olov taraladi. Bu qanday oʻsimlik? Faqat aniq javob qabul qilinadi.