Korney Chukovskiy shunday yozgan edi: "...Butun umrimiz davomida biz, taʼbir joiz boʻlsa, bolalar okeanidamiz. Be poyon okean — (toponim tushirib qoldirilgan)dan (toponim tushirib qoldirilgan)gacha". Tushirib qoldirilgan toponimlar ohangdosh. Birinchi toponim bilan ataladigan joy, nomi sutemizuvchi hayvon nomidan olingan togʻ tizmasi etagida joylashgan. Ikkinchi toponim yunoncha boʻlib, ancha keng hududni anglatadi va oʻsha sutemizuvchi hayvon nomidan kelib chiqqan. Har ikkala toponimni tiklang (tartib muhim).