Qadimda ULAR churra va sinishlarni davolashda yordam beradi deb hisoblashgan. ULARDAN ham moddiy boyliklarni, ham maʼlumotlarni saqlash uchun foydalanilgan. Musulmon ziyoratchilarida ULAR boʻlmasligi kerak — ehtimol, bir vaqtlar ULAR Muhammad (s.a.v)ning oʻzini deyarli halok qilgani uchundir. Shuningdek, koʻplab boshqa odamlar ham hayotining maʼlum davrlarida yoki lahzalarida ULARGA ega boʻlmasliklari kerak. ULAR uchun odamlarni sud qilishgan va hatto tiriklayin yoqishgan. ULARDAN biri esa turli vaqtlarda yashagan va turli davlatlarni boshqargan ikki kishini bir-biri bilan bogʻlagan. Ushbu ikki kishini ayting.