Qushlar olamida ozuqa topgach, oʻzini asal koʻrsatkich (medoukazchik) kabi tutadigan boshqa qush yoʻq. Qushning nomidan uning nima topishi va qanday harakat qilishini tushunish qiyin emas. Koʻpincha qushning hamrohi asalyoʻrgʻoq (medoyed) — suvsarlar oilasiga mansub hayvon boʻladi. Oʻz hamrohini uyaga boshlab kelgach, qush u asalarilar uyasini buzib, toʻyib ovqatlanishini kutadi va shundan keyingina oʻzi ovqatga kirishadi. Yer yuzida yashovchi koʻplab mavjudotlar orasida faqat baʼzi hasharotlar va asal koʻrsatkich qushigina ushbu ozuqani hazm qila olishini bilgan holda, u nima bilan oziqlanishini ayting.