Gersog de Bofor tili chuchuk edi va bir soʻz oʻrniga boshqasini ishlatish odati bor edi. Bir kuni u motam kiygan xonim Grinyanni uchratib, uning koʻrinishi juda gʻamgin ekanligini aytmoqchi boʻladi, lekin odatdagidek oʻxshash soʻzlarni adashtirib, xonim Grinyanning koʻrinishi juda shahvoniy ekanligini aytadi. Xonim Grinyan esa oʻz navbatida bir nemis aslzodasini tasvirlay turib: "U gersog de Boforga juda oʻxshaydi, u kabi kelshgan va botir, lekin faqat...", deb taʼkidlaydi. Xonim Grinyanning fikricha, nemis aslzodasi gersog de Bofordan nima borasida ustun edi?
Fransuz tilida soʻzlashishda — "... undan koʻra fransuzcha yaxshiroq gapiradi".