Bir adabiy tanqidchi V. Mayakovskiyning joniga oʻz taqrizlari bilan tinmay tegardi. Shoir bilyard stoli ortida oʻch olishga qaror qildi. Mayakovskiy bergan katta imkoniyatga (fora) qaramay, tanqidchi yutqazdi va stol tagiga kirishga majbur boʻldi. Shu payt shoir bir jumlani aytdi va uni "yoza olmaydi!" soʻzlari bilan tugatdi. Jumlani birinchi qismini qaysi ikki soʻz tashkil etgan edi?