Skaldlar sheʼriyatida kenninglar juda keng tarqalgan. Kenning — biror soʻzni u bilan bogʻliq boshqa soʻzlar birikmasi orqali ifodalashdir. Masalan, yer — "Odinning xotini" va "Torning onasi", ochlik — "doʻzax taomi". Xoʻsh, "jang toʻlqini", "qilich dengizi", "murda daryosi", "qargʻa pivosi", "boʻrilar ichimligi" deb nima atalgan?