Yuliy Sezar vafotidan keyin yosh Oktavianning obroʻsi tez oʻsa boshladi. Shunga qaramay, u konsullikka nomzod qilib koʻrsatilganda, koʻplab senatorlar uning yoshligini roʻkach qilib eʼtiroz bildirishdi. Qizgʻin bahslarni Sezarning faxriy askarlaridan biri zalning oʻrtasidan turib: "Agar siz yosh Sezarni tasdiqlamasangiz, uni U tasdiqlaydi" deb toʻxtatdi. U qaysi "oliy instansiya"ga ishora qilgan edi?