Nikolay Nikolayevich Drozdov soʻzlab berganidek, Berlin hayvonot bogʻi yaqin oʻtmishda qiyin iqtisodiy sharoitda omon qolish uchun oʻz jonivorlarini homiylarga "tarqatib" bergan. Oq ayiqlarni muzlatkich zavodi oʻz qaramogʻiga olgan. Qunduzlarni — mebel fabrikasi. Berlin ofitsiantlari uyushmasi kimga gʻamxoʻrlik qila boshlaganini topishga harakat qiling.