Vadim Shefnerning romanida qirol va qirolicha ov paytida mulozimlardan ortda qolib, oʻrmonda bir sehrgarni uchratishadi. Sehrgar ularga bir nechta boqiy hayot olmalarini sovgʻa qiladi. Olmalarni juda tez yeyish kerak edi, aks holda ular oʻz kuchini yoʻqotardi. Olmalardan birining taqdirini shubha bilan izohlar ekan, roman qahramoni rus maqolini (oʻzbekcha muqobili: “Eshakka dasta-dasta beda bersang ham baribir eshakligicha qoladi” maʼnosida) eslatib oʻtadi. Qaysi maqolni?