Maʼlumki, zaytun daraxti uzoq yashaydi, qarigan sari uning oʻzagi chirib, tanasida egri-bugri jarohatlar va yoriqlar paydo boʻladi. Arab afsonasiga koʻra: Muhammad vafot etgan soatda quyosh tutilgan, qushlar jim boʻlib qolgan, daraxtlarning barglari toʻkilgan. Faqat zaytun daraxtigina yashilligicha qolgan. Gʻazablangan daraxtlar undan nega ular bilan birga motam tutmayotganini soʻrashganda, u shunday javob bergan: "Siz motam belgisi sifatida faqat sochlaringizni toʻkdingiz, mening esa..." Afsonani yakunlang.