"Discovery" kanali xabar berishicha, ularni elektr maydoni oʻziga tortadi. AQSHning janubiy shtatlarida ishchi ular tufayli ish haqiga ustama talab qilishga yoki shartnomadan butunlay voz kechishga haqli. Uells yozishicha, Janubiy Amerika ULARI insoniyatga raqobatchi boʻlishi mumkin edi. Boshqa bir fantastning fikricha, ULAR Yerni faqat uzoq kelajakda zabt eta olishgan, ammo bunga sabab sobiq xizmatkor oʻz xoʻjayinidan koʻra insonparvarroq boʻlib chiqqanidir. ULARNI ayting.