Hammomning kiyinish xonasida yalang‘och, ho‘l erkak turibdi va uyda sochiqni unutib qoldirganini tushunib, chor-atrofga hayron bo‘lib qarayapti. To‘satdan devorda: "Ma’muriyat ogohlantiradi..." degan e’lonni ko‘rib qoladi. "Bu yaxshi fikr-ku", deb o‘ylaydi erkak. Hammom ma’muriyati nimadan ogohlantirmoqda?
"Ma’muriyat pardalar bilan artinish taqiqlanishini ogohlantiradi!"