Mashhur qoʻshiqda aytilishicha, ushbu inqilobchi Ukraina dashtlaridagi jang paytida halok boʻlgan. Biroq, aslida u zirhli poyezd vagonidan oʻq uzib himoyalanayotganda vafot etgan. Boz ustiga, u bolshevik emas, balki anarxist boʻlgan. Shunga qaramay, u haqidagi qoʻshiq oʻz vaqtida juda mashhur boʻlgan va uni hatto hazillashib bir sport turining madhiyasi deb ham atashgan. Ushbu sport turini ayting.