Adabiyotshunos Ioffe tushuntirishicha, "It yuragi" qissasidagi bezori Klim Chugunkin siymosida Iosif Stalin tasvirlangan. Shunga koʻra, professor Preobrajenskiyning prototipi Lenin, doktor Bormentalniki — Bronshteyn-Trotskiy, xizmatkor Zinanniki — Zinovyev va hokazo boʻlgan. Xoʻsh, xuddi shu talqinga koʻra, kimning siymosi Nadejda Krupskayaning timsoliga aylangan?