Buyuk Aristotel oʻz shogirdi Aleksandr Makedonskiyning getera Fillida taʼsiriga tushib qolganini koʻrib, undan Aleksandrni tinch qoʻyishni oʻtinib soʻradi. Fillida agar Aristotel uni xonada oʻz ustiga mindirib aylantirsa, rozi boʻlishini aytdi. Ayyor Fillida faylasufni kamsitish uchun Aristotel uning talabini bajarayotgan paytda eshiklar ochilib, Aleksandrning oʻzi kirib kelishini rejalashtirgan edi. Ammo ish kamsitish bilan emas, balki Aristotelning tantanasi bilan yakunlandi. U nima degan?
Agar u men kabi keksa, hayot tajribasiga ega odamni shunday koʻyga solgan boʻlsa — seni nima qiladi?