Afrika ko‘llarida kuku-baliq (kakku-baliq) deb ataladigan baliq yashaydi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, u o‘sib kelayotgan avlodiga g‘amxo‘rlik qilishni boshqalarga — ya’ni tsixlidlar oilasiga mansub yirik baliqlarga yuklaydi. Shu bilan birga, kuku-baliq o‘z mahorati bilan parrandadoshidan ancha o‘zib ketadi — agar kakku qushi tuxumlarini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketsa, kuku-baliq o‘z uvildiriqlarini qayerga tashlab ketishga ulguradi?
Tsixlidlarning og‘ziga. Bu baliqlar uvildiriqni, keyin esa chovoqlarni og‘zida olib yurishadi.