gotquestions.online

Mashhur rus aktyori Vasiliy Ivanovich Kachalov ichishni yaxshi koʻrardi. Tabiiyki, bu uning rafiqasiga yoqmasdi. Ayoli Kachalovning navbatdagi yashirib qoʻyilgan ichimligini topib, yoʻq qilganidan soʻng, u yangi hayot boshlashga, ichishni tashlashga va har kuni badantarbiya qilishga vaʼda berdi. Yangi hayot ikki kun davom etdi, uchinchi kuni ertalab esa Kachalov faqat ichki kiyimda balkonga chiqdi, bir nechta mashqlarni bajardi... va butunlay mast holda qaytib kirdi. Gʻazablangan xotini balkonda panjaradan boshqa hech narsa topmadi. Endi Kachalov ichishdan oldin bajargan mashqni imkon qadar aniq koʻrsatib bering.

Manba