Aytishlaricha, kunlarning birida katolik monastirlaridan birining mudiri (uning ko‘pchiligi kashandalikka ruju qo‘ygan edi) yuqori rahbariyatga ketma-ket ikkita so‘rov yuboradi. Ulardan biriga keskin rad javobi, ikkinchisiga esa ijobiy javob olinadi, shundan so‘ng chekish muammosi muvaffaqiyatli hal qilinadi. Birinchi so‘rov ibodat paytida chekish imkoniyati haqida edi. Ikkinchi so‘rovda nima haqida so‘ralgan edi?