Nigeriyada ovqatlanish tarkibida kraxmalli va unli taomlar ustunlik qiladi. Ularning oʻzi bemaza boʻlgani uchun mamlakatda achchiq ziravorlardan keng foydalaniladi. Ayniqsa, bir murch turi juda mashhur boʻlib, u taomga qoʻshilmaydi, balki alohida tortiladi. Baʼzilar bu murch juda qattiq «tishlaydi» deb hisoblashadi. Uni tatib koʻrgan odam uzoq vaqt ogʻzi ochiq holda qotib qoladi, koʻzlaridan esa tinmay yosh oqadi. Mahalliy aholi tomonidan ushbu murchga berilgan nomda qaysi hayvon tilga olinadi?