Jon Lennonga "Alisa koʻzgular ortida" asaridagi bir she'r juda yoqib qoladi va u ushbu she'r qahramonlaridan birini qoʻshiq qahramoniga aylantiradi. Keyinchalik, kitobni qayta oʻqib chiqib, Jon qahramonlarga baho berishda adashganini tushunadi va shunday oʻylaydi: "Eh, la'nati! Men kerakli odamni tanlamabman! Men: "Men — Duradgorman" deyishim kerak edi!". Gap qaysi qoʻshiq haqida ketmoqda?