Amerika folklorida Pol Banyan ismli oʻtinchi qahramon bor. Hikoyalardan birida aytilishicha, oʻtinchilarni chivinlar juda bezovta qilgan va bir kuni Pol ularni yoʻq qilishga qaror qilgan. Shu maqsadda u oʻz brigadasi ishlayotgan oʻrmonlarga chivinlarni qirib tashlaydi degan umidda boshqa hasharotlarni olib kelgan. Ammo u adashgan edi. Bu hasharotlar chivinlar bilan chatishib ketgan va natijada yangi turdagi maxluq-hasharotlar paydo boʻlgan, ularning tuzilishidagi oʻziga xoslik tufayli oʻtinchilar yanada koʻproq azob cheka boshlagan. Ushbu oʻziga xoslikni ayting.