Efiopiya yozuvida koʻplab harflarning nomlari boshqa somiy yozuv tizimlariga oʻxshash, ammo oʻziga xoslari ham bor. Masalan, boshqa somiy alifbolarida nomi "baliq" degan maʼnoni anglatuvchi oʻn ikkinchi harfni efioplar boshqa bir hayvon sharafiga nomlashgan, goʻyo mashhur Injil hikmatini haddan tashqari soʻzma-soʻz tushunishgandek. Bir aforizmda aytilishicha, agar inson oʻz eʼtiqodini juda oson oʻzgartirsa, unga xuddi shu hayvonga ishongandek ishonish kerak. Bu qaysi hayvon?