Bavariyaning Passau shahridagi "Oq xoch" pivo zali egasi o'z muassasasida o'ziga xos tartib o'rnatdi: tashrif buyuruvchilar uchun futbol bo'yicha hech qanday televizion ko'rsatuvlar yo'q, futbol mavzusida suhbatlar taqiqlangan. Futbol bo'yicha chempionat kunlarida "Oq xoch" — futbolni yoqtirmaydiganlar uchun najot maskani. Shunday bo'lsa-da, muassasada bittagina futbol atributi bor — agar tashrif buyuruvchilardan kimdir baribir futbol haqida gapirib yuborsa, qo'llash uchun. Ushbu atributni ayting.