Savol muallifining taʼkidlashicha, uning xotirasida toʻrt kishilik talabalar guruhi juda qattiqqoʻl oʻqituvchining imtihoniga kechikib kelishgan. Kechikish sababi sifatida shahardan qaytayotganda avtomobil gʻildiragi teshilib qolganini aytishadi. Biroq professor har biridan yozma ravishda bittagina savolga javob berishni soʻrab, ularning yolgʻonini osongina fosh qiladi. Bu qanday savol edi?