Integral va differensial hisob asoslarini tushuntiradigan matematika oʻqituvchilari koʻpincha shunday latifani aytib berishadi. Tasodif tufayli ikki matematik ruhiy kasalliklar shifoxonasining bir palatasiga tushib qolishibdi. Birinchisi (aftidan, "shovqinlisi") jazava paytida ikkinchisiga: "Hozir seni integrallayman, keyin esa differensiallayman!" deb baqirib tashlanibdi. Ikkinchisi (aftidan, "vazminrogʻi") oʻzining mutlaqo befarqligini koʻrsatish uchun unga nima deb javob bergan?
U: "Men esa — e darajasi iksman", deb javob bergan. Maʼlumki, eksponentsial funksiyani (e darajasi iks) integrallaganda ham, differensiallaganda ham oʻsha eksponentsial funksiyaning oʻzi hosil boʻladi — unga farqi yoʻq.