Muzey eksponatlaridan biri "Ingliz mehmonxonasi" deb ataladi. Goʻyo siz Manchester yoki Liverpulda turgandek boʻlasiz va hozirgina stol atrofiga oʻta odobli ingliz xonimlari va janoblari oʻtirib, ot poygalari, qirolichaning sogʻligʻi yoki yana biror narsa haqida dunyoviy suhbat boshlaydigandek tuyuladi. Aytgancha, ushbu mehmonxonaning devorlaridan birida italiyalik usta Ashbi de la Guchi yasagan buyum osigʻliq turibdi. Bu qanday buyum?