gotquestions.online

Shimoliy Amerika preriyalari indeyslari urush muvaffaqiyatli yakunlangach, gʻalaba raqsini tushishgan. Ishtirokchilarning kiyim-boshiga qarab, har bir raqqosning roli va xizmatlarini aniqlash mumkin edi. Sardor va mashhur faxriylar patlardan yasalgan hashamatli tojlar bilan chiqishgan. Dushmanni oʻldirgan jangchilar sochlariga burgut patlarini sanchishgan. Razvedkachilarni uchlari kesilgan patlardan tanib olish mumkin edi. Yana bir guruh jangchilarning patlariga qizil chiziqlar tortilgan edi. Shunday chiziqlarni ba’zi otlarda ham koʻrish mumkin edi. Ular nimani anglatgan?

Manba