Bir necha yil oldin NBAning "Los-Anjeles Leykers" klubi asosiy tarkibida toʻrtta superyulduz maydonga tushgan edi: Garri Peyton, Kobi Brayant, Karl Meloun va Shakil O'Nil. Shu munosabat bilan amerikalik sport jurnalistlari hazillashib, bunday davrada bosh murabbiy beshinchi boʻlib yana bir superyulduzni, ushbu Gollivud jamoasining asosiy jokerini tushirishi mumkinligini aytishgan. Garchi u "Leykers" uchun rasmiy oʻyinda maydonga tushishi dargumon boʻlsa-da. Uning familiyasini ayting.