Vladimir Visotskiy shunday hikoya qilgan edi: "Televizorda xokkey o‘yinlari haqida tez-tez shunday sharhlarni eshitish mumkin: 'Mana, bizning chexoslovakiyalik do‘stlarimiz yana bitta shayba kiritishdi...' yoki 'Bizning chexoslovakiyalik do‘stlarimiz qo‘pol o‘ynashmoqda'. Shunda o‘ylab qolasan: qanaqasiga do‘st bo‘lishsin — qo‘pol o‘ynashsa, shayba urishsa. Ular raqiblar. Do‘stlar esa boshqa joyda bo‘ladi". Shu munosabat bilan u bir qo‘shiq yozgan. Uning bir so‘zdan iborat nomini yozing.