Afina shahriga qirq sakkizinchi Olimpiadaga ilk bor kelgan skif faylasufi Anaxarsis mashhur yunon Solonning uyiga kelib, u bilan doʻst boʻlishni xohlashini aytadi. Skifning surbetligidan hayron boʻlgan Solon, haqiqiy doʻstlarni begona yurtda emas, balki oʻz vatanida orttirish kerakligini aytadi. Ammo Anaxarsisning javobi shunchalik oqilona ediki, tez orada ular haqiqatan ham yaqin doʻst boʻlib qolishdi. Anaxarsis Solonga qanday javob bergan edi?
"Axir sen, Solon, oʻz vataningdasan-ku. Nega oʻzingga haqiqiy doʻst — Anaxarsisni orttirmaysan?".