Rassom Sergey Yelkinning shaxsiy saytida uning turli mavzulardagi qiziqarli karikaturalari joylashtirilgan. Masalan, uxlab yotgan mushuk tasvirini bossangiz, Sergey Yelkinning hayvonlar haqidagi ishlari bilan, ayol portretini bossangiz — go‘zallik haqida, kompyuter tasvirini bossangiz — virtual olam haqidagi ishlari bilan tanishishingiz mumkin. Ayting-chi, yuvinish idishi (umivalnik) tasviri ortida qaysi mavzudagi rasmlar yashiringan?