Braziliya universitetlaridan birining zoologlari asirlikda oʻstirilgan nandu tuyaqushlarini tabiatga qaytarish bilan shugʻullanishadi. Qushlarga tabiiy dushmanlarini koʻrsatish uchun olimlardan biri qora plash va qoʻrqinchli niqob kiyib tuyaqushni quvlaydi, boshqasi esa shu vaqtda tuyaqush yonida yugurib, aravachada yaguar tulumini gʻildiratib boradi. Olimlar bunda kutilmagan nojoʻya taʼsir paydo boʻlishini payqashdi. Qanday taʼsir?
Tuyaqushlar aravachalardan qoʻrqishni boshlaydilar.