Bir kuni SSSR Mudofaa vaziri Malinovskiyga xat keldi. Uning muallifi — polkovnik. U polkovniklarni ofitserlarning umumiy massasidan ajratib, qishda quloqchinli telpak (shapka-ushanka) emas, papaxa kiyishga ruxsat berilgani juda toʻgʻri boʻlganini yozgan edi. Ammo yozda polkovniklarda hech qanday ustunlik qolmaydi. Yozgi vaqt uchun polkovniklarga biror farqlovchi belgi oʻylab topish kerak edi. Natijada polkovnik yozgi formaning maxsus turini oldi, garchi u bunga umid qilmagan boʻlsa-da. Unga qanday farqlovchi belgi berilgan edi?