Sibir va Uzoq Sharq xalqlari miflariga koʻra, bu hayvon quyosh nurlaridan qoʻrqadi va shuning uchun yer ostida yashaydi, u yerda shoxlari bilan oʻziga tor yoʻl ochadi. Suv toshqinida qirgʻoqlarning oʻpirilishi, muz koʻchishidagi muz qisirlashi va hatto zilzilalar ham u bilan bogʻlanadi. U oʻsimliklar, tuproq yeydi va tez yuguradi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, bu hayvon haqidagi tasavvurlar yagona shox (edinorog) obrazida aks etgan. Ushbu hayvonni ayting.