Ushbu amerikalik yozuvchining qaynonasi feministlar harakati faoli boʻlgan, yozuvchining oʻzi va rafiqasi esa unga yordam berishgan. Bu uning ijodida ham oʻz aksini topgan — u tasvirlagan dunyoda deyarli barcha "rahbarlik" lavozimlarini ayollar egallaydi, bunday lavozimni egallagan yagona erkak esa yakunda oʻz vaʼdalarini bajara olmaydigan firibgar boʻlib chiqadi. Shuning uchun bosh qahramon qiz vaziyatdan oʻzi chiqib ketishiga toʻgʻri keladi va u buni muvaffaqiyat bilan uddalaydi. Ushbu yozuvchini ayting.