gotquestions.online

Iosif Brodskiy yozishicha, bu soʻzda, ayniqsa uning oxirgi harfida rus qulogʻi uchun toshga xos qattiqlik eshitiladi. Georgiy Adamovich bu soʻzga qofiya topib boʻlmasligidan shikoyat qilgan, ammo Zinaida Gippius bunday qofiyani topishga muvaffaq boʻlgan. Toʻgʻri, buning uchun tilga biroz tazyiq oʻtkazib, bir qishki hodisani koʻplikdagi qaratqich kelishigi shakliga qoʻyishga toʻgʻri kelgan. Ikkala qofiyadosh soʻzni yozing.

Manba